Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL URGANCH TUMANIDA BO'LIB O'TDI

3-iyul 2024-yil
image

Joriy yil 3-iyul kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Urganch tumanidagi 43-son maktabda bo'lib o'tdi. Taddbirda boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari Q.Zaripov ishtirok qildi.

 

Fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha joylarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari tashkil etilmoqda. 

Joriy yil 3-iyul kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Urganch tumanidagi 43-son maktabda bo'lib o'tdi. Taddbirda boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari Q.Zaripov ishtirok qildi.

Jonli va ochiq muloqot shaklida o'tgan sayyor qabulda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari hamda fuqarolarning maktablarda ta’mirlash ishlariga bo‘lgan talab, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ta’lim muassasalariga ishga joylashish va boshqa yo‘nalishlardagi o‘ndan ortiq murojaat va takliflari qabul qilindi.

Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, ayrim murojaatlarni yechish uchun aniq muddat va choralar belgilab olindi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb