Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Yangi O'zbekistonning baxtiyor bolalari" shiori ostida  rasmlar tanlovi o‘tkazildi

28-iyun 2024-yil
image

Tanlovda Urganch tuman prokraturasi va Urganch tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi pedagog xodimlari hamda to'garak a'zolari ishtirok qildilar.

Xorazm viloyat Urganch tuman prokraturasi Urganch tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi bilan hamkorlikda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘quvchi - yoshlarning huquqiy savodxonligini kengaytirish uchun Urganch tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak a‘zolari o‘rtasida "Yangi O'zbekistonning baxtiyor bolalari" shiori ostida  rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
 
Tanlov nizomiga asosan o‘quvchi - yoshlar bolalar huquqlari to‘g‘risidagi  tushunchalarini asfaltga rasm chizish orqali ko'rsatib berdilar. 
     
Tanlovda Urganch tuman prokraturasi va Urganch tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi pedagog xodimlari hamda to'garak a'zolari ishtirok qildilar.

Tanlovda  1-2-3- o'rinni qo'lga kiritgan ishtirokchilar  diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb