Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Qo'shko'pir tumanida Iqtidorli maktab bitiruvchilari oltin va kumush medallari bilan taqdirlandilar

21-iyun 2024-yil
image

Kecha, 20-iyun kuni tuman hokimligida ushbu oʻquvchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

 

Joriy o‘quv yilida Qo'shko"pir  tumanidagi 56 ta umumiy oʻrta taʼlim  maktabini 2 186 nafar oʻquvchilar bitirmoqdalar. Ular orasida eng tirishqoq, zukko va intiluvchan 73 nafar oʻquvchilarning  59 ta оltin va 14 ta kumush medallar sohibi boʻlgani yanada quvonarli. 

Kecha, 20-iyun kuni tuman hokimligida ushbu oʻquvchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Shuxrat Axmedov  va Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Shokir Jumaniyozovlar bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan tabriklab, yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va ragʻbatdan foydalangan holda ilm choʻqqilarini egallab, katta hayot yoʻlida mamlakatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilishlari lozimligini taʼkidlab oʻtdi. 

Shundan soʻng tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan oʻquvchilarga oltin va kumush medallari tantanali tarzda topshirildi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb