Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bog‘otlik iqtidorli maktab bitiruvchilari oltin va kumush medallar bilan taqdirlandilar

13-iyun 2024-yil
image

Bugun tuman hokimligida umumtaʼlim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan oʻquvchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

 

Joriy o‘quv yilida Bog‘ot tumanidagi 53 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabini 2 245 nafar oʻquvchilar bitirmoqdalar. Ular orasida eng tirishqoq, zukko va intiluvchan 40 nafar oʻquvchilarning oltin va kumush medallar sohibi boʻlgani yanada quvonarli. 

Bugun tuman hokimligida umumtaʼlim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan oʻquvchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Jahongir Nazarov bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan tabriklab, yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va ragʻbatdan foydalangan holda ilm choʻqqilarini egallab, katta hayot yoʻlida mamlakatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilishlari lozimligini taʼkidlab oʻtdi. 

Shundan soʻng tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan oʻquvchilarga oltin va kumush medallari tantanali tarzda topshirildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb