Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xorazm viloyatida Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2023-2024-o‘quv yilida har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari boshlandi

16-dekabr 2022-yil
image

Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 417 nafar o‘qituvchilar 2 smenada test topshiradilar. Ayni damda 228 nafar pedagoglar test jarayonlarini topshirishni boshladi. 

Tadbirning ochilish marosimida  boshqarma boshlig'i Xamro Bektemirov so‘zga chiqib, so'ngi yillarda mamlakatimizda o‘qituvchining maqomini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida gapirdi.

Tadbirda viloyat hokimi o'rinbosari San'at Salayev ham ishtirok qilib, o'qituvchilarga omad tiladi.

Xabar qilinganidek, Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 417 nafar o‘qituvchilar 2 smenada test topshiradilar. Ayni damda 228 nafar pedagoglar test jarayonlarini topshirishni boshladi. 

Qayd etish joizki, 2023-yilda Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 2000 nafar etib belgilandi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb