Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Psixologlar uchun seminar-trening tashkil etildi

10-iyun 2024-yil
image

Urganch shahridagi 10-son umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologlari Intizor Xudayberganova hamda Aziza Yusupovalar tomonidan tuman va shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari psixologlari ishtirokida tajriba almashish maqsadida ushbu tashabbusga qo'l urildi. 

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda psixologlar uchun seminar-trening tashkil etildi. 

Urganch shahridagi 10-son umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologlari Intizor Xudayberganova hamda Aziza Yusupovalar tomonidan tuman va shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari psixologlari ishtirokida tajriba almashish maqsadida ushbu tashabbusga qo'l urildi. 

Ma'lumki aholiga professional ijtimoiy xizmat ko'rsatish jarayonida turli yosh toifasidagi insonlar bilan psixologik ishni tashkil etishga to'g'ri keladi. Bunda psixologlarning bilimi, ko'nikmasi nihoyatda muhim. Shuni inobatga olgan holda psixologik mashqlar va tajriba almashish imkonini beruvchi bunday treninglar ayni muddaodir. 

Seminar-trening 3 kun davom etadi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb