Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

VILOYATIMIZDA YOZGI BOLALAR OROMGOHLARI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

1-iyun 2024-yil
image

Rejaga muvofiq  oromgohlar bugundan o‘z faoliyatini boshladi.

 

Yoz mavsumida o‘quvchilarning miriqib dam olib, hordiq chiqarishlarida oromgohlarda yaratilgan sharoitlar muhim o‘rin tutadi. Bu yil viloyatimizda 29 ta bolalar oromgohida 11 ming 450 nafar o‘g‘il-qizlarni sog‘lomlashtirish va dam olishlarini tashkil qilish rejalashtirilgan.

O‘tgan yili viloyat hokimi tashabbusi bilan Yangibozor tumanida tashkil qilingan "Kelajak egalari" iqtidorli o‘quvchilar oromgohida bu yil 4 navbatda 80 nafardan jami 320 nafar, shu tumandagi "Pahlavon" hamda Xiva tumanidagi “Qaldirg‘och” oromgohida esa jami 540 nafar bolalar qamrab olinishi ko‘zda tutilgan. 

Ushbu oromgohlardan tashqari Hazorasp tumanida “Mehrli maskani” yozgi sog‘lomlashtirish bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

Mazkur oromgohlarda bolalarning yetarli darajada xordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 
 
Rejaga muvofiq  oromgohlar bugundan o‘z faoliyatini boshladi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb