Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bayramga munosib tuhfa

1-iyun 2024-yil
image

Bugun Bog‘ot tumani Oltinqum shaharchasida 120 o‘rinli “Quyosh” davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

 

Bugun Bog‘ot tumani Oltinqum shaharchasida 120 o‘rinli “Quyosh” davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimida tuman sektor rahbarlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Mehmonlar jajji kichkintoylar, ularning ota-onalari va ustoz-murabbiylarni qoʻshaloq ayyom – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan qutlab, taʼlim tashkilotlarida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Zamonaviy uslubda qurilgan ikki qavatli binoda o‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa, sport zallari mavjud bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun mashgʻulotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borilishi rejalashtirilgan.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb