Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

G'olib o‘quvchilarimiz viloyatimizga qaytib keldi

1-iyun 2024-yil
image

O‘quvchilarimiz Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov,  maktab direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirokida munosib kutib olindi.

Xabaringiz bor, 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida  ikki nafar o‘quvchimiz yuqori natijalarni qo‘lga kiritishgan edi.

Xususan, Hazorasp tumanidagi To‘lqin FM nodavlat ta'lim tashkilotining o‘quvchisi Munisbek Bekchonboyev kumush medalni, Urganch shahridagi 3-sonli maktab o‘quvchisi Sulaymon Matnazarov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Bugun o‘quvchilarimiz viloyatimizga qaytib keldi.

O‘quvchilarimiz Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov,  maktab direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirokida munosib kutib olindi.

Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i X.Bektemirov o‘quvchilarimizni erishgan yutuqlari bilan yana bir bor samimiy tabriklab, o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Ularning ota-onalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb