Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda MTT larning o‘rni” mavzusida media tur o‘tkazildi

31-may 2024-yil
image

Tadbir davomida Xiva tumanidagi 2-son hamda 18-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yaqindan kuzatildi. 

Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida “Bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda MTT larning o‘rni” mavzusida media tur o‘tkazildi. 

Tadbir davomida Xiva tumanidagi 2-son hamda 18-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yaqindan kuzatildi. 

Xususan, mazkur muassasalarda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim va tarbiya jarayoni, ularni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda amalga oshirilayotgan ishlar hamda sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish holatlari bilan tanishildi.

Press tur davomida muassasada matbuot anjumani ham tashkil qilinib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb