Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

O‘QUVCHILAR “VR-PROFI HUB” LOYIHASI DOIRASIDA IT-KASBLAR BILAN TANISHTIRILDI

20-may 2024-yil
image

"VR-Profi Hub" - bu virtual reallikdan (VR) foydalangan holda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish bo'yicha innovatsion loyiha bo’lib, u maktab o‘quvchilarining IT-kasblariga qiziqishini uyg‘otish va ularni IT-sanoatdagi turli imkoniyatlar bilan tanishtirishga qaratilgan. 

IT-sanoati iqtisodiyotning eng muhim va tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo’lib, ushbu sohada bugungi kunda malakali kadrlarga ehtiyoj katta. Ko’p holatlarda yoshlar IT-sohasida qanday yo’nalishlar borligi, kelajakda ushbu sohada faoliyat yuritish uchun qanday ko‘nikma va malakalar kerak bo’lishi haqida aniq tushunchaga ega bo’lmaydilar. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarini kasbga yo’naltirish jarayonida qo’llab quvvatlash maqsadida "VR-Profi Hub" innovatsion loyihasi ishlab chiqilgan.

"VR-Profi Hub" - bu virtual reallikdan (VR) foydalangan holda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish bo'yicha innovatsion loyiha bo’lib, u maktab o‘quvchilarining IT-kasblariga qiziqishini uyg‘otish va ularni IT-sanoatdagi turli imkoniyatlar bilan tanishtirishga qaratilgan. 

Loyihadan ko‘zlangan maqsadlar: 
- o’quvchilarga IT-sohadagi kasblar haqida ma’lumot berish; - ularni IT-kasblar bilan, shuningdek, Germaniyadagi IT korhonalardagi ish jarayoni bilan VR ko’zoynaklar orqali yaqindan tanishtirish;
- o’quchilarga IT-sohasi mutaxassislari tomonidan o’tkaziladigan mahorat darslarida o’zlarining ilk dasturlarini, ilk mobil ilovalarini yaratishlariga ko’mak berish; 
- IT-sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislar bilan muloqot tashkil etish; 
Shu bilan birga loyiha davomida o’quvchi yoshlarga kelgusi kasb karyeralarida xorijiy tilning ahamiyati tushuntirilаdi va ularni nemis tilini 2-xorijiy til sifatida o’rganishga, Germaniyada o’qish va ishlash uchun qiziqishlari oshirilаdi.

Loyiha doirasida maktabning 7-8-sinf o’quvchilari uchun mutaxassislar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb