Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMDA VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI UCHUN O‘TKAZILAYOTGAN TANLOVNING IKKINCHI BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA

26-aprel 2024-yil
image

#jarayon


Bugun, 26-aprel kuni Urganch tumanidagi 29-son maktabda vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilayotgan tanlovning ikkinchi bosqichiga start berildi. 

Unda dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 57 nafar da’vogar pedagoglar ishtirok etmoqda. 

Ikkinchi bosqichda nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkazilib,  natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb