Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xorazmda "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

26-aprel 2024-yil
image

#Ayni_paytda

Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 13 ta jamoada 65 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida qatnashgan viloyat va Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi rahbari Dilbar Bekchanova so‘zga chiqib barcha ishtirokchilarga  omad tiladilar.

Tanlovda ishtirokchilar ingliz tili bo‘yicha 4 ta ko‘nikma, tinglab tushunish, yozish, o‘qish, leksik grammatikaga oid  har biridan 12 ta jami 36 ta test va yoshima ish insho yozdilar.  Endilikda o‘quvchilarning ishlari 100 ballik tizimda baholanadi.
 
Tanlovning viloyat bosqichida Urganch shahridagi 16-maktab, Xiva shahridagi 1-maktab, Bog‘ot tumanidagi 1-maktab,  Gurlan tumanidagi 5-maktab, Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-IDUM, Urganch tumanidagi 38-maktab, Hazorasp tumanidagi 12-maktab, Xiva tumanidagi 18-maktab, Xonqa tumanidagi 48-maktab, Shovot tumanidagi 5-maktab, Yangiariq tumanidagi 37-maktab, 1-maktab, 6-maktab, Yangibozor tumanidagi 14-maktab, Tuproqqal’a tumanidagi 2-maktab jamoalari ishtirok qildilar.  

Ma’lumot uchun, tanlovning viloyat bosqichda g‘olib bo‘ladigan 3 ta maktab jamoasiga 1-o‘rin uchun 250 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 200 mln so‘m, 3-o‘rin uchun 150 mln so‘m, jami  600 mln so‘m pul mukofotlari viloyat mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan maktablarning hisob raqamlariga o‘tkazib beriladi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb