Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

5-8 SINF O'QUVCHILARI O'RTASIDA INFORMATIKA OLIMPIADASI VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

17-aprel 2024-yil
image

Olimpiadada 216 nafar tuman (shahar) bosqichida g'olib bo'lgan va ixtisoslashtirilgan maktablardan tavsiya qilingan iqtidorli o'quvchilar ishtirok qilmoqda.

Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati binosida 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika bo‘yicha olimpiada bo’lib o’tmoqda.

Olimpiada jarayonlarini Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha o‘quvchilarga omad tiladi.

Olimpiadada 216 nafar tuman (shahar) bosqichida g'olib bo'lgan va ixtisoslashtirilgan maktablardan tavsiya qilingan iqtidorli o'quvchilar ishtirok qilmoqda.

 

O‘quvchilarga mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan 36 ta  topshiriqlar taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt berilib 20 nafar g'olib o'quvchilar tanlab olinadi.

 

To‘rtinchi (respublika) bosqich — viloyat bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 18-aprel kuni Urganch shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkaziladi.

 

Ma'lumot uchun: Saralash olimpiadasining Respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra 7-8-sinf o‘quvchilari orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 nafar o‘quvchilar Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada 2024-yilning 26-31-iyul kunlari Hindiston davlatida bo‘lib o‘tadi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb