Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

G’olib o’quvchimiz munosib kutib olindi.

28-mart 2024-yil
image

Tadbir davomida mas’ullar o‘quvchimizni erishgan yutug‘i bilan yana bir bor samimiy tabriklab, o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.

Xabaringiz bor, Asosiy fan olimpiadasining IV (respublika) bosqichida geografiya fanidan Yangibozor tumani 30-sonli maktabning 11-sinf o'quvchisi Barchinoy Ergasheva faxrli 1-o'rinni egalladi.

Kecha o‘quvchimiz viloyatimizga qaytib keldi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Yangibozor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mas’ullari, maktab direktori, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirokida g’olib o’quvchimiz munosib kutib olindi.

Tadbir davomida mas’ullar o‘quvchimizni erishgan yutug‘i bilan yana bir bor samimiy tabriklab, o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.

Ularning ota-onalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb