Yangiliklar
Press tur o'tkazildi
6-mart 2024-yilTadbir davomida Xiva shahridagi 11-sonli maktabda keytering tadbirkor tomonidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yetkazib berilayotgan bepul tushlik oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilib olish va tarqatish jarayonlari kuzatildi.
Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati va xavfsizligiga bag‘ishlangan media tur o‘tkazildi.
Tadbir davomida Xiva shahridagi 11-sonli maktabda keytering tadbirkor tomonidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yetkazib berilayotgan bepul tushlik oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilib olish va tarqatish jarayonlari kuzatildi.
Shundan so‘ng, shahardagi 13-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish jarayonlari o‘rganilib, xususan ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va ularning saqlanishi, sanitariya-gigiyena holatlari bilan tanishildi.
Press tur davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.