Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Gurlan tumanida voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir oʻtkazildi

13-fevral 2024-yil
image

Tadbirda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Xamro Bektemirov, tuman prokurotura vakillari, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshliq’i, oʻquvchilari jinoyat sodir qilgan maktab direktorlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, sinf rahbarlari, maktab psixologlari, profilaktika inspektorlari ishtirok qildilar. 

 

Bugun Gurlan tumanida voyaga yetmagan oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbir boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Xamro Bektemirov, tuman prokurotura vakillari, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshliq’i, oʻquvchilari jinoyat sodir qilgan maktab direktorlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, sinf rahbarlari, maktab psixologlari, profilaktika inspektorlari ishtirok qildilar. 

Tadbirda voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish uchun yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun sportga va koʻproq kitob oʻqishga jalb qilish, taʼlim muassasalari, mahalla va ota-onalar oʻrtasida doimiy ravishda hamkorlik oʻrnatilishi lozimligi taʼkidlandi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi tushunchasi, turlari, shuningdek viloyatda yoshlar orasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va ularning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar aytib oʻtildi.

Tadbir davomida jinoyatning kelib chiqish sabalari tahlil qilinib, o’z lavozim majburiyatini yetarli darajada bajarmagan mas’ullarga nisbatan intizomiy chora ko’rish masalasi muhokama qilindi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb