Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun Urganch shahridagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliy seminar o‘tkazildi

1-fevral 2024-yil
image

Mazkur seminarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i hamda mas’ullari, Urganch shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda mutaxassislari, Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi metodik xizmat ko‘rsatish fan metodistlari ishtirok qildilar.

Bugun Urganch shahridagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliy seminar o‘tkazildi. 

Mazkur seminarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i hamda mas’ullari, Urganch shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda mutaxassislari, Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi metodik xizmat ko‘rsatish fan metodistlari ishtirok qildilar.

Amaliy seminar davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan bugungi kunda ta’lim muassasalari faoliyatini namunaviy tarzda tashkil qilish, xususan, muassasaning belgilangan joyiga Davlat Bayrog‘ini ilish tartibi, ta’lim maskani old qismining tozalanganligi, kirish qismida kitobxonlik burchaklarining tashkil qilinishi va kitobxon o‘quvchilar haqidagi ma’lumotning mavjudligi, Jaloladdin Manguberdi va Amir Temur xonalarining namunaviy tarzda tashkil etilishi yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. 

Tadbir yakunida mas'ullarga ta’lim muassasalariga ushbu tavsiyalarni yetkazish choralarini ko‘rish vazifasi topshirildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb