Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

MAKTAB DIREKTORLARI UCHUN SEMINAR O'TKAZILDI

10-yanvar 2024-yil
image

Тrening mashg‘ulotlarida viloyatdagi 150 ta umumta’lim maktabi direktorlari faol ishtirok qildilar.

 

Kecha, 9-yanvar kuni Ma’mun universiteti Urganch kampusida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Ma’mun universiteti, Britaniya Kengashi, Silk Road Research Academy hamkorligida “Ta’limdagi zamonaviy trendlar – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Trening mashg‘ulotlarida viloyatdagi 150 ta umumta’lim maktabi direktorlari faol ishtirok qildilar.
Tadbir avvalida ishtirokchilar Ma’mun universiteti Urganch kampusida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirning ochilish marosimida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov ishtirok qildi va Ma’mun universiteti hamda boshqarma o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shundan so‘ng, malakali trenerlar tomonidan "Yaxlit maktab" muhitini shakllantirish va bu jarayondagi konstruktiv hamkorlik, “Liderlik sifatlarini rivojlantirish”, “Maktablarda jamoaning professional rivojlanish (CPD) faoliyatini rejalashtirish”, “Boshqaruv qarorlarini qabul qilish”, “Aqlning zaharlanishi (ifloslanishi) va uning yosh avlod ongiga salbiy ta’siri: davlat g‘oyasi va ta’lim uchun katta global xavf. O‘qituvchi va ota-onalar nimani ko‘zdan qochirishadi” kabi mavzularda o‘quv hamda amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga hamkor tashkilotlar tomonidan sеrtifikat topshirildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb