Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

28-dekabr 2023-yil
image

Hay’at majlisida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, sho‘ba mudirlari, mutaxassislar, tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, sho‘ba mudirlari, ma’sul xodimlar, umumta’lim maktabi direktorlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok qildilar.


Yig‘ilish avvalida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov 2023- yil sarhisobi va galdagi vazifalar to‘g‘risida gapirdi. 
Shuningdek, tadbir davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qamrov darajasi va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘ topishning ahvoli to‘g‘risida, Fan olimpiadasining tuman, viloyat bosqichi natijalari tahlili va Respublika bosqichiga tayyorgarlik jarayonlari,  Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari va viloyat Fan olimpiadasidagi ishtiroki, oltin va kumush medallarga buyurtmalar berish va oltin, kumush medal olgan bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish tahlili to‘g‘risida mas’ullarning axboroti tinglandi.
Hay’at majlisida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, sho‘ba mudirlari, mutaxassislar, tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, sho‘ba mudirlari, ma’sul xodimlar, umumta’lim maktabi direktorlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok qildilar.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb