Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Hay’at yig‘ilishi. 2023-yil sarhisobi va galdagi vazifalar to‘g‘risida.

27-dekabr 2023-yil
image

2023-yil 28-dekabr kuni soat 14.00 da

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil
28-dekabr kuni soat 14.00 da o‘tadigan navbatdagi Hay’at yig‘ilishining
KUN TARTIBI:
Kirish so‘zi - 2023-yil sarhisobi va galdagi vazifalar to‘g‘risida.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
X.S.Bektemirov
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qamrov darajasi va davlat maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘ topishning ahvoli to‘g‘risida
Axborotchi: Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Q.Zaripov
2. Fan olimpiadasining tuman, viloyat bosqichi natijalari tahlili va Respublika
bosqichiga tayyorgarlik to‘g‘risida
Axborotchi: Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
bo‘lim boshlig‘i T.Nurmetov
3. Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari
bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish ko‘rsatgichlari va viloyat fan olimpiadasidagi
ishtiroki to‘g‘risida
Axborotchi: Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
sho‘ba mudiri Y.Atadjanova
4. Oltin va kumush medallarga buyurtmalar berish va oltin, kumush medal olgan
bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish tahlili to‘g‘risida
Axborotchi: Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
sho‘ba mudiri Z.Matqurbonova
5. Turli masalalar
Hay’at majlisida ishtirok qiluvchilar:
Viloyat studiyasida:
Xorazm viloyati Maktabgacha ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, boshqarma
boshlig‘i o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, sho‘ba mudirlari, mutaxassislar
Tuman, shahar studiyalarida:
Tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, tuman,
shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi sho‘ba mudirlari, ma’sul xodimlar.
Umumta’lim maktabi direktorlari maktablardan, maktabgacha ta’lim
tashkilotlari direktorlari yaqin hududdagi umumta’lim maktablaridan ishtirok qiladi.
Hay’at majlisi kun tartibidagi masalalar bo‘yicha axborot berishga tayyor
holda shaxsan ishtirok etishingiz so‘raladi

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb