Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XALQARO OLIMPIADA G’OLIBLARI MUNOSIB KUTIB OLINDI

12-dekabr 2023-yil
image

2023-yil 9-dekabr kuni Tailandning Bangkok shahrida 56 ta davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o’quvchilar ishtirok etgan xalqaro olimpiadada Azizbek Erkinov munosib ishtirok etib bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik. 

 

Xabaringiz bor, joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi safida xorazmlik ikki nafar o‘quvchimiz Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi Azizbek Erkinov hamda Xorazm  viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o'quvchisi Rahimboy Vaysboyev 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etdilar. 

2023-yil 9-dekabr kuni Tailandning Bangkok shahrida 56 ta davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o’quvchilar ishtirok etgan xalqaro olimpiadada Azizbek Erkinov munosib ishtirok etib bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun o‘quvchilarimiz viloyatimizga qaytib keldilar.

O‘quvchilar Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Qo’shko’pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mas’ullari, maktab direktori, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirokida munosib kutib olindi. 
        
Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i o’rinbosari Iroda Yakubova o‘quvchilarimizni erishgan yutug‘i bilan yana bir bor samimiy tabriklab, o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Ularning ota-onalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirildi.

Ma’lumot uchun, 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtgan ushbu olimpiadada Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta kumush, 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb