Yangiliklar
Davlat bayrog‘i to‘g‘risida Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir o'tkazildi
13-noyabr 2023-yil18-noyabr kuni Davlat bayrog‘i to‘g‘risida Qonun qabul qilinib, har yili ushbu sana respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda nishonlanib kelinmoqda.
Maʼlumki, har bir xalqning nishonlari doimo buyuk va muqaddas hisoblanib kelingan. Sababi u xalqni ezgu yo‘l va maʼlum bir g‘oya ostida birlashtirgan. Ana shunday ezgu timsollarimiz qatorida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ini ham keltirish mumkin. Yaʼni bundan 32 yil ilgari 18-noyabr kuni Davlat bayrog‘i to‘g‘risida Qonun qabul qilinib, har yili ushbu sana respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda nishonlanib kelinmoqda. Joriy yilda ham mazkur sana munosabati bilan viloyatimiz bo‘ylab turli bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Shunday tadbirlardan biri bugun Urganch tumanidagi 17-son, Urganch shahridagi 7-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi metodisti Nilufar Matkarimova ishtirok qilib, bolajonlarga davlat bayrog‘ining mazmun–mohiyati haqida qisqacha tushuntirish berdi.
Tadbir davomida bolajonlar tomonidan she’r, qo‘shiqlar ijro etilib, raqs namoyish qilindi.