Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"9-DEKABR - BUTUNJAHON KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH KUNI" MUNOSABATI BILAN "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" TADBIRI BO’LIB O’TDI

2-noyabr 2023-yil
image

Tadbirda Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar va o‘rinbosarlari, o‘qituvchi va xodimlar, ota-onalar, mahalla faollari, OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok qildilar.

 

Bugun, 2-noyabr kuni Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan "9-dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri bo'lib o'tadi. Mazkur tadbir Urganch shahridagi 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 16-son maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar va o‘rinbosarlari, o‘qituvchi va xodimlar, ota-onalar, mahalla faollari, OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok qildilar.

Dastlab Urganch shahridagi 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga beriladigan bepul nonushtani qabul qilib olish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Shundan so‘ng, o‘quvchilarni 1-sinfga qabul jarayoni, maktab oʻquvchilarini bir maktabdan ikkinchi maktabga oʻtkazish va bitiruvchi oʻquvchilarga shahodatnoma berish, fuqarolarni ishga qabul qilish,  pedagog xodimlar oʻrtasida dars taqsimoti tartibi haqida mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir Urganch shahridagi 16-son maktabgacha ta’lim tashkilotida davom etdi.

Ishtirokchilar ta’lim tashkilotida bolalarni muassasaga qabul qilish tartibi va sog‘lom ovqatlantirish borasida kengroq ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob olib, muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

                            

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb