Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi tomonidan  amaliy yordam ko‘rsatish hamda filial maktablar yuzasidan taklif berish jarayoni olib borildi

30-oktabr 2023-yil
image

Ushbu ta’lim maskanida maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va maktab ma’muriyati bilan 2024-2025 o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayoni onlayn bo‘lishligi, davlat xizmatlarini elektron olib borilishi, o‘quvchilar harakati borasida tavsiyalar berildi. Oliy ta’limga kirish bo‘yicha 11-sinf bitkazuvchilari bilan muloqot o‘tkazilib, batafsil ma’lumotlar berildi.

Bugun Gurlan tumani 33-sonli maktab va filialida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi tomonidan  amaliy yordam ko‘rsatish hamda filial maktablar yuzasidan taklif berish jarayoni olib borildi.

Ushbu ta’lim maskanida maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va maktab ma’muriyati bilan 2024-2025 o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayoni onlayn bo‘lishligi, davlat xizmatlarini elektron olib borilishi, o‘quvchilar harakati borasida tavsiyalar berildi. Oliy ta’limga kirish bo‘yicha 11-sinf bitkazuvchilari bilan muloqot o‘tkazilib, batafsil ma’lumotlar berildi.

Maktab rahbarining tashabbusi bilan ochiq byudjet orqali maktab jihozlarini yangilashga hamda AKT lari bilan ta’minlanish, maktab o‘quv zallarini zamonaviy ko‘rgazmalar bilan boyitish, 2 til va bitta kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lish yuzasidan rejali ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bilan birga jarayon davomida  filial maktabga yosh tashabbuskor direktor tomonidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga  yangi televizor taqdim etildi.

Ushbu filialda bugungi kunda 8 nafar boshlang‘ich sinf  o‘quvchilari ta’lim olayotgan bo‘lsa shu hududning 5-11-sinf kesimidagi  12 nafar o‘quvchisi 6,2 km.  uzoqlikda joylashgan asosiy 33-son maktab binosiga qatnab o‘qib turganligi aniqlandi. Xulosalarga ko‘ra, 2024-yil yanvar oyidan Gurlan tuman 33-son maktab filialida 1-11-sinf kesimida ta’lim-tarbiya jarayonini olib borish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb