Yangiliklar
Maktab va maktabgacha ta'lim dargohlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi muhokama qilindi
10-oktabr 2023-yil"Qishni betalofat o'tkazamiz: maktab va maktabgacha ta'lim dargohlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi haqida" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Bugun 10-oktabr kuni Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida "Qishni betalofat o'tkazamiz: maktab va maktabgacha ta'lim dargohlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi haqida" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ozod Ishchanov tomonidan ta’lim muassasalarini 2023-2024 yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsmumida barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida olib borilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Investitsiya va boshqa dasturlariga asosan viloyatdagi 12 ta maktablarda 72,0 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ishlar yakuni bilan 3344 o‘rinli yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratildi, mavjud 3431 o‘quvchi o‘rinli bino va inshootlar mukammal ta’mirdan chiqarildi hamda 2 ta yangi sport zallar barpo etildi.
2023-yilda “Tashabbusli budjet” loyihalari doirasida jami 101 ta ta’lim muassasalari shundan, 91 ta umumta’lim maktablari, 2 ta ixtisoslashtirilgan maktablar hamda 8 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari 90,2 mlrd. so‘m yutib olinib, ta’lim muasssalarida ta’mirlash ishlarini olib borish, jihozlash, quyosh panellari, quyosh suv isitgichlari o‘rnatish va atrofini o‘rash ishlarining bajarilishi rejalashtirilgan.
Anjuman davomida galdagi vazifalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyatimizda jami 543 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 11 ta ixtisoslashtirilgan maktablar, 365 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari, jami 933 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda.