Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

O‘quvchi – yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi

25-sentabr 2023-yil
image

Tadbirda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikdagi ishlarni samarali tashkil etish, shuningdek, o'quvchilarning bo‘sh vaqtlarini  mazmunli o'tkazish, ularni kasb-hunar sirlarini o‘rganish bilan  band etish, o‘zlari qiziqqan sohadagi bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish va shu orqali turli ko‘ngilsizliklarni oldini olish, "Xavfsiz bolalik" konsepsiyasini yaratish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Joriy yil 25-sentabr kuni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida mas’ullar ishtirokida voyaga yetmagan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.



Tadbirda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, viloyat IIB JHX XPB boshlig‘i G'ulom Sharipov, viloyat IIB JHX JTSB boshlig‘i Sardor Raximov, viloyat  maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutaxassislari, tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, maktab direktorlari, inspektor psixologlar ishtirok qildilar.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, o'quvchilarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, ularni jinoyat va jazo tushunchalari va odob-axloq me'yorlari bilan yaqinroq tanishtirish, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini  kasb-hunar sirlarini o‘rganish bilan  band etish, o‘zlari qiziqqan sohadagi bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish va shu orqali turli ko‘ngilsizliklarni oldini olish, "Xavfsiz bolalik" konsepsiyasini yaratish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktablarning old tomonida kuzatuv kameralarini o‘rnatish, maktablarda tashkil qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligi” xonalaridan unumli foydalanish masalalariga to‘xtalindi.  

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari  tahlil qilindi. Bu borada maktabning inspektor-psixologlariga yuklatilgan vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning puxta bilim egallashlari, istiqbolda o‘z salohiyat va tafakkurlari bilan yuksak marralarni zabt etishlarida olib boriladigan hamkorlik masalalari xususida to‘xtalib, mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilandi.

 

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb