Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARIGA KOMPYUTER TO‘PLAMLARI TOPSHIRILDI

21-sentabr 2023-yil
image

Xorazm viloyatiga Xitoy Xalq Respublikasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan kompyuter jamlanmalari yetib keldi. 

Xorazm viloyatiga Xitoy Xalq Respublikasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan kompyuter jamlanmalari yetib keldi. 

Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan “5-9-sinflarda xorijiy til va informatika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish” loyihasi doirasida ajratilgan grant bo‘yicha viloyatdagi 55 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 880 dona kompyuter, 55 dona interaktiv doska, 55 dona proyektor, 55 dona konditsioner, 55 dona printer jihozlari topshirildi. 

O‘quv kompyuter sinflari to‘plamlaridan kompyuter o‘quv uskunalariga ehtiyoji mavjud bo‘lgan umumta’lim maktablarida xorijiy til va informatika fanlarini mukammal o‘rgatish uchun dars jarayonida hamda darsdan tashqari tashkil etiladigan to‘garaklarda doimiy foydalanish ko‘zda tutilgan.

Bugun, 21-sentabr kuni ushbu jihozlar ortilgan karvon viloyatimiz shahar va tumanlari bo‘ylab yo‘l oldi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb