Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMDA BUGUNDAN BOSHLAB HAR CHORSHANBA KUNI BARCHA MAKTAB VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA YOD PREPARATLARINI BEPUL TARQATISH BOSHLANDI

20-sentabr 2023-yil
image

Mutaxassislar dastlab bolalarga yodning inson salomatligida ahamiyati va ichish tartibi bo‘yicha tushuntirish berdilar.

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5198-sonli Qarori imzolangan bo'lib, mazkur Qaror doirasida 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul ta’minlash belgilangan.

Mazkur Qaror asosida bugun viloyatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bepul yod preparatlarini tarqatish boshlandi.

Mutaxassislar dastlab bolalarga yodning inson salomatligida ahamiyati va ichish tartibi bo‘yicha tushuntirish berdilar.

Ma’lumot uchun, yod organizm uchun muhim element hisoblanadi. U qalqonsimon bez gormoni bo‘lgan tiroksin ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Ushbu gormon metabolizm, immunitet, aqliy va jismoniy rivojlanish, ko‘plab ichki organlar va yurak-qon tomir tizimining ishiga ta’sir qiladi. Tiroksin hujayralar o‘sishi va bo‘linishida ham ishtirok etadi, psixologik va hissiy salomatlik, asab tizimi holati ham unga bog‘liqdir.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb