Yangiliklar
AMERIKALIK O'QITUVCHI TOMONIDAN URGANCH TUMANIDAGI “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI TO‘GARAK A’ZOLARIGA INGLIZ TILIDAN ILK DARS MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
17-iyul 2023-yilMashg‘ulot Amerikaningning Penselvaniya shtati Filodelfiya shahridagi umumiy o‘rta ta‘lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Heela Pyun tomonidan olib borildi.
Xorazm viloyati Urganch tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi tashabbusi bilan yil davomida ushbu maktabning ingliz tili to‘garagi a‘zolari uchun xorijiy davlatlardagi o‘qituvchilardan ta‘lim olish maqsadida AQSHning Pensilvaniya shtati Filodelfiya shahridagi o‘rta ta‘lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi bilan telemuloqot orqali ingliz tilini o‘rganish loyihasi amalga oshirilayotgani haqida xabar bergan edik.
Joriy yil 14-iyul kuni mazkur loyiha doirasida birinchi dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot Amerikaningning Penselvaniya shtati Filodelfiya shahridagi umumiy o‘rta ta‘lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Heela Pyun tomonidan olib borildi.
Dars davomida o‘quvchilarga "The verb "to be". Subject pronouns" mavzusi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Mashg‘ulot so‘ngida o‘tilgan mavzu savol-javoblar orqali mustahkamlandi va "My family" mavzusi uyga vazifa qilib berildi.
Ma'lumot uchun, ushbu loyihani amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, til o‘rganish orqali Amerikalik tengdoshlari bilan yaqindan tanishish, ularning hayot tarzini, urf-odatlarini o‘rganish, ingliz tilini turli xil interaktiv o‘yinlar, yangicha metodlar bilan oson va qiziqarli tarzda o‘rgatishdan iboratdir.