Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili  boshlandi

4-sentabr 2023-yil
image

37 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yib, 1-sinfga qabul qilindi.

 

Bugun viloyatimizdagi barcha ta’lim maskanlarida  birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi. 37 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yib, 1-sinfga qabul qilindi. Qo‘shko‘pir tumanidagi  39-son umumta’lim maktabida o‘tkazilgan  tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov  ishtirok etdi. Ushbu maktab joriy yilda  mahalliy byudjetdan ajratilgan 5 mlrd 700 mln so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirlandi va o‘quvchilarning puxta bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.  Viloyat hokimi maktab jamoasini yangi o‘quv binosi, o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlab, kelgusi o‘qish va ishlarida omad tiladi. 1-sinf o‘quvchilariga  chiroyli portfel va o‘quv qurollari to‘plamidan iborat "Prezident sovg‘asi"  topshirildi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb