Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

SUDYALAR ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

31-iyul 2023-yil
image

Davra suhbati davomida Fuqarolar yigʻini raislari, mahalla faolllari, prfilaktika inspektorlari hamda fuqarolarning turli mazmundagi muammolari muhokama qilindi va takliflar tinglandi. 

Bugun, 2023-yilning 31-iyul kuni Urganch davlat universiteti binosida sudyalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oliy sud raisi oʻrinbosari I.Muslimov, Oliy sud raisi oʻrinbosari, Xorazm viloyati sud raisi B.Palvanov, Urganch shahar sudining sudyasi D.Poʻlatova, Urganch shahar sudining raisi B.Xasanov, Urganch shahar sudining sudyasi D.Naimov ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Davra suhbati davomida Fuqarolar yigʻini raislari, mahalla faolllari, prfilaktika inspektorlari hamda fuqarolarning turli mazmundagi muammolari muhokama qilindi va takliflar tinglandi. 

Shuningdek, sayyor sud majlisi oʻtkazilib,  yengil turdagi jinoyatlarni sodir etgan, jinoyatni mohiyatini tushunib yetgan, tuzalish yoʻliga kirib, ijtimoiy mehnatga nisbatan boʻlgan munosabati ijobiy tomonga oʻzgargan, oʻrnatilgan tartib-qoida talablarni bajarib, mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumlar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb