Yangiliklar
XORAZMDA PREZIDENT MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI BO’LIB O’TDI
15-iyul 2023-yilMazkur jarayonlarda umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 4126 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Xivа shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi "Yoshlik" sport majmuasi Manej va DzyuDo kurash zallarida 3-navbatlilik asosida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur jarayonlarda umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 4126 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Imtihon savollari Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi imtihon kengashi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, birinchi bosqichda o‘quvchilar matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test savollarini ishladilar. Belgilangan vazifani bajarish uchun 60 daqiqa vaqt ajratildi. Birinchi bosqich sinovidan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar 2-bosqichda qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda esa axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan 40 ta masala, ingliz tilidan 40 ta test ishlanishi talab etiladi.