Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Amerikalik o'qituvchi to'garak a'zolariga telemuloqot orqali  ingliz tilidan saboq bermoqda

14-iyul 2023-yil
image

Ushbu loyihani amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘quvchilarimizning  ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, til o‘rganish natijasida amerikalik tengdoshlari bilan yaqindan tanishish, ularning urf-odatlarini o‘rganish, ingliz tilini turli xil interaktiv o‘yinlar va yangicha metodlar bilan oson va qiziqarli tarzda o‘rgatishdan iboratdir.


#Diqqat_yangi_loyiha

Xorazm viloyati Urganch tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi tashabbusi bilan yil davomida ushbu maktabning ingliz tili to‘garagi a‘zolari uchun  xorijiy davlatlardagi o‘qituvchilardan ta‘lim olish maqsadida  AQSHning Pensilvaniya shtati Filodelfiya shahridagi o‘rta ta‘lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi bilan telemuloqot orqali ingliz tilini o‘rganish loyihasi  amalga oshirilmoqda. 

Ushbu loyihani amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘quvchilarimizning  ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, til o‘rganish natijasida amerikalik tengdoshlari bilan yaqindan tanishish, ularning urf-odatlarini o‘rganish, ingliz tilini turli xil interaktiv o‘yinlar va yangicha metodlar bilan oson va qiziqarli tarzda o‘rgatishdan iboratdir.

Shuningdek, ushbu lohiyada o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, "tengdosh -tengdoshga" tamoyili asosida xorijiy davlatlardagi tengdoshlari bilan o‘zaro muloqot qilish orqali bilimlarini mustahkamlash  ko‘zda tutilgan.

Manzil: Xorazm viloyati Urganch tuman markazi, Ibn-Sino ko‘chasi 4-uy.   "Barkamol avlod" bolalar maktabi binosi.

Murojaat uchun telefon:
 +99897 790 96 66

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb