Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xalqaro matematika olimpiadasi metodologiyasi asosida tashkil qilingan olimpiadada xorazmlik o‘quvchi bronza medali bilan taqdirlandi

4-iyul 2023-yil
image

Xorazm viloyati Urganch shahridagi 6-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi Bekzod Maqsudovning ishtiroki barchamizni quvontiradi. Bekzod bronza medali sohibi bo‘ldi.

 

Xitoyning Beyjing(Pekin) shahrida 1-Xalqaro matematika yozgi intelektual oromgohida 25 mamlakat terma jamoalaridan 156 nafar iqtidorli o’quvchilar o’rtasida Xalqaro matematika olimpiadasi metodologiyasi asosida tashkil qilingan olimpiadada O’zbekiston terma jamoasi a’zolari  4 ta bronza va 2 ta faxriy yorliq (honorable mention) bilan taqdirlandi 

Mazkur jamoada Xorazm viloyati Urganch shahridagi 6-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi Bekzod Maqsudovning ishtiroki barchamizni quvontiradi. Bekzod bronza medali sohibi bo‘ldi. 

Ushbu yutuq bilan butun Xorazm ahlini, xususan, ushbu maktab jamoasini samimiy muborakbod etamiz. 

Endi terma jamoa a’zolari, joriy yil 6-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida o’tkaziladigan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb