Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMLIK GANDBOLCHI QIZLAR O‘ZBЕKISTON CHЕMPIONI

21-iyun 2023-yil
image


Gandbol bo‘yicha U-16 yoshlar va qizlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining qizlar birinchiligi yakunlandi. G‘olib va sovrindor jamoalarning nomi ma’lum bo‘ldi.


 

       Gandbol bo‘yicha U-16 yoshlar va qizlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining  qizlar birinchiligi yakunlandi. G‘olib va sovrindor jamoalarning nomi ma’lum bo‘ldi. 
      Musobaqa davomida barcha o‘yinni g‘alaba bilan tugatgan Xorazm viloyati jamoasi shohsupaning birinchi pog‘onasini egalladi. Ikkinchi o‘rin ROPSTTM jamoasiga nasib etdi. Faxrli uchinchi o‘rindan Jizzax viloyatining gandbolchi qizlari joy olishdi. Quyida hal qiluvchi o‘yinlar natijalari bilan tanishing:
       I-II o‘rinlar uchun. ROPSTTM – Xorazm - 27:29.  
       III-IV o‘rinlar uchun. Jizzax – Navoiy  - 26:14.
       V-VI o‘rinlar uchun. Sirdaryo – Samarqand - 21:23.  
       VII-VIII o‘rinlar uchun. Surxondaryo – Farg‘ona - 23:17.
       IX-X o‘rinlar uchun. Qashqadaryo – Namangan - 22:25.
       XI-XII o‘rinlar uchun. Buxoro – Andijon - 16:24.
       Musobaqaning yoshlar birinchiligi  yakuni va taqdirlash marosimi haqida keyinroq to‘xtalamiz.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb