Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMLIK IKKI NAFAR O‘QUVCHI  ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO KIMYO OLIMPIADASIDA BRONZA MEDALINI QO‘LGA KIRITDI

17-iyun 2023-yil
image

Urganch tumanidagi 45-IDUMI ning 10-sinf  o‘quvchisi Shahzoda Rahimberganova hamda Gurlan tumani 6-IDUM ning 11-sinf o‘quvchisi Rustambek Hojiboyev  ham  sinovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.


 Xabaringiz bor, joriy yil 11-17-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi Xiva shahrida tashkil etildi. 

Ushbu nufuzli olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Oman sultonligi, Gruziya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston kabi mamlakat o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Nihoyatda qizg‘in kechgan sinovlar jarayonida mamlakatimiz vakillari ham bor imkoniyatlarini namoyon etib, O‘zbekiston sharafini munosib tarzda himoya qilishdi.  

Urganch tumanidagi 45-IDUMI ning 10-sinf  o‘quvchisi Shahzoda Rahimberganova hamda Gurlan tumani 6-IDUM ning 11-sinf o‘quvchisi Rustambek Hojiboyev  ham  sinovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb