Yangiliklar
“KELAJAK EGALARI” IQTIDORLI BOLALAR OROMGOHINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
10-iyun 2023-yilTadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, Yangibozor tumani hokimi Ruslan Jumaniyozov, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Muyassar Raximova va boshqa tashkilot vakillari ishtirok qildilar.
Bugun Xorazm viloyati hokimi tashabbusi bilan iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lomlashtirish maqsadida Yangibozor tumanida tashkil qilingan “Kelajak egalari” oromgohining ochilish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, Yangibozor tumani hokimi Ruslan Jumaniyozov, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Muyassar Raximova va boshqa tashkilot vakillari ishtirok qildilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar oromgohda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Tadbirning ochilish marosimda nutq so‘zlaganlar bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtaldilar.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, oromgohda keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borildi. O‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli va qiziqarli o‘tkazishlari uchun oromgohda kutubxona, kompyuter xonalari, fan va sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ishonamizki, bolajonlar oromgohdagi yozgi ta’tilini mazmunli va bir umrga esda qolarli tarzda o‘tkazishadi.
Ma’lumot uchun, mazkur oromgoh 4 navbvtda faoliyat yuritishi rejalashtirilgan bo‘lib, 280 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.