Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

BOSHQARMA BOSHLIG'INING SAYYОR QABULI URGANCH SHAHRIDA BO'LIB O'TDI

7-iyun 2023-yil
image

Bugun 7-iyun kuni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirovning  sayyor qabuli Urganch shahridagi 16-sonli maktabda bo'lib o'tdi.

Fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha joylarda Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari tashkil etilmoqda. 

Bugun 7-iyun kuni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirovning  sayyor qabuli Urganch shahridagi 16-sonli maktabda bo'lib o'tdi.


Jonli va ochiq muloqot shaklida o'tgan sayyor qabulda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari hamda fuqarolarning maktablarda ta’mirlash ishlariga bo‘lgan talab, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ta’lim muassasalariga ishga joylashish va boshqa yo‘nalishlardagi o‘ndan ortiq murojaatlari qabul qilindi. 



Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi va ayrim murojaatlarni hal etish uchun aniq muddat va zarur choralab belgilab olindi.

Navbatdagi sayyor qabul 14-iyun kuni Xiva Shahar 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tadi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb