Yangiliklar
Xiva shahar 15-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Zukko bolajon! ” ma’naviy, tarbiyaviy loyiha o‘tkazildi
6-iyun 2023-yilMazkur loyihaning asosiy maqsadi 3-7 yoshli bolalarda milliy urf-odatlar, qadriyatlar, an’analarga qiziqishni oshirib, yillar davomida shakllangan xalqimizning milliy ta’lim-tarbiya uslublari, o‘zbekona oila modeliga asosalanib farzandlarimizni ulg‘aytirish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, kundalik turmushda xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya usullari ta’sirchanligini oshirish, bolalarda shaxsiy fazilatlar, jumladan, o‘z tuyg‘ularini boshqarish, yaqin kishilarga g‘amxo‘rlik qilish kabi ehtiyojlarni, kundalik turmush tarzida o‘zini qanday tutishi hamda kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, muvaffaqiyatga erishish ehtiyojining tug‘ilishi kabi hislatlarni shakllantirishdan iborat.
Xabaringiz bor, bugun Xiva shahar Xiva shahar 15-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Zukko bolajon! ” ma’naviy, tarbiyaviy loyiha o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyihaning asosiy maqsadi 3-7 yoshli bolalarda milliy urf-odatlar, qadriyatlar, an’analarga qiziqishni oshirib, yillar davomida shakllangan xalqimizning milliy ta’lim-tarbiya uslublari, o‘zbekona oila modeliga asosalanib farzandlarimizni ulg‘aytirish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, kundalik turmushda xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya usullari ta’sirchanligini oshirish, bolalarda shaxsiy fazilatlar, jumladan, o‘z tuyg‘ularini boshqarish, yaqin kishilarga g‘amxo‘rlik qilish kabi ehtiyojlarni, kundalik turmush tarzida o‘zini qanday tutishi hamda kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, muvaffaqiyatga erishish ehtiyojining tug‘ilishi kabi hislatlarni shakllantirishdan iborat.
Tadbir davomida loyiha ishtirokchilari 15-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, milliy ko‘rgazmalar bilan tanishdilar. Tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlarni tomosha qildilar.
Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.