Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

VILOYATDAGI BARCHA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

25-may 2023-yil
image

Joriy o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan Yangiariq tumanidagi 22-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qatnashib, davlatimiz rahbarining mamlakatimizdagi umumta’lim maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. 

 

Bugun viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida an’anaviy “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi. 

Joriy o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan Yangiariq tumanidagi 22-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qatnashib, davlatimiz rahbarining mamlakatimizdagi umumta’lim maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. 

Joriy o‘quv yilida viloyatimizda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarga to‘xtalib, mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlarga kelgusi o‘qish va ishlarida omad tiladi.

Tadbir yakunida o‘quv yilida samarali faoliyat olib borgan ustozlar va yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar munosib taqdirlandi. 

Maktab uzra jaranglagan so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari o‘g‘il-qizlarni yangi maqsadlar va yuksak orzular sari dadil qadam tashlashga undadi.

Ma’lumot uchun, mazkur o‘quv yilida viloyatimiz bo‘yicha 23 ming 376 nafar o‘gʼil-qizlar 11-sinfni tamomlab, mustaqil hayotga qadam qo‘yadilar. Bugungi kungacha ularning 650 nafardan ortigʼi allaqachon oliy taʼlimga kirish uchun turli imtiyozlar, xususan xorijiy tillarni bilish darajasi bo‘yicha sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, ularning 696 nafari oltin, 232 nafari kumush medallarga tavsiya qilindi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb