Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZM VILOYATIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI OVQATLANTIRISH TAJRIBASI O‘RGANILDI

18-may 2023-yil
image

Xorazm viloyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ovqatlantirish tajribasini o‘rganish maqsadida barcha viloyatlardan shu sohaga mas’ul bo‘lgan xodimlar viloyatimizga tashrif buyurdilar.

 

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovfqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 472-sonli Qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida boshling‘ich sinf o‘quvchilarini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul tushlik bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ushbu tajriba 2023
-
o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahar va barcha viloyat maktablarida joriy etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, Xorazm viloyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ovqatlantirish tajribasini o‘rganish maqsadida barcha viloyatlardan shu sohaga mas’ul bo‘lgan xodimlar viloyatimizga tashrif buyurdilar.

Seminar ishtirokchilari dastlab Xonqa tumanida keytering xizmati bilan shug‘ullanayotgan Xonqa diyor va “Smart meat shop” MChJ tadbirkorlarning ish faoliyatini kuzatdilar.

So‘ngra tumandagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tadbirkordan mahsulotlarni qabul qilish va tarqatish jarayoni va boshqa masalalar borasida o‘zaro fikr almashdilar.

Tadbir jarayonida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Umumta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Xusan Turaxadjaev, Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bolig‘i Xamro Bektemirov, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Sanitariya-gigiena boshqarmasi bosh mutaxassisi Go‘zal Muxamedova, viloyat prokurorining voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat sohasi bo‘yicha katta yordamchisi Jalolbek Kalandarov, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Ozod Eshchanovlar ishtirok qilib, maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy asoslar va ularni bajarilish holati borasida tavsiyalar berdilar.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga hamkor tashkilot mas’ullardan javob oldilar.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb