Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

UMUMTA'LIM MUASSASALARI PSIXOLOGLARI UCHUN SEMINAR-TRENING MASHGʻULOTLARI OʻTKAZILDI

11-may 2023-yil
image

Xorazm viloyati,  Urganch shahri 16-maktabda umumta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 150 nafar psixologlar uchun "Psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish uchun "Biz harakatlarimiz uchun javobgarmiz" mavzusida oʻquv seminari o'tkazildi.

 

Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2023-yilga moʻljallangan strategik rejalasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 11-may kuni Xorazm viloyati,  Urganch shahri 16-maktabda umumta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 150 nafar psixologlar uchun "Psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish uchun "Biz harakatlarimiz uchun javobgarmiz" mavzusida oʻquv amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazishga moʻljallangan Dasturi", “Voyaga yetmaganlar orasida erta homiladorlikning oldini olish” hamda “Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha taʼlim muassasalari xodimlarining vazifalari” mavzularida seminar-trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Mashgʻulotlarda psixotrop moddalarga qaramlikning oldini olishga moʻljallangan Dasturning pasporti, maqsad va vazifalari, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, maktab psixologi, sinf oʻqituvchisining vazifalari, shuningdek, bolalarga nisbatan zoʻravonlikning shakllari, taʼlim muassasasi xodimlarining zoʻravonlik holatlarining oldini olish va ularga javob berish jarayonida hamkorlikda amalga oshiradigan vazifalari, taʼlim muassasalarida zoʻravonlik holatlarini aniqlash va ularga javob berish boʻyicha batafsil ma'lumot berildi.

Mazkur jarayonlarda mutaxassislarning amaliyotda foydalanishlari uchun diagnostika metodlari va korreksion usullarni oʻtkazish maqsadida amaliy tavsiyalar berildi.

Trener sifatida oʻqitilgan psixologlar tomonidan kelgusida mazkur jarayonlar Xorazm viloyati boʻylab davom ettiriladi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb