Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

SINGAPURLIK MUTAXASSIS BENSON LEK HONG KHIM XORAZM VILOYATI PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZIDA BO‘LDI

28-aprel 2023-yil
image

Singapur davlatidan kelgan mutaxassis Benson Lek Hong Khim bugun Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida bo‘ldi va viloyatdagi o‘z malakasini oshirayotgan o‘qituvchi pedagoglar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollar, muammolar yechimi, Singapur va O‘zbekiston ta’limining bog‘liqligi va o‘zaro farqli jihatlari to‘g‘risida suhbatlar qilindi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan ta’lim sifatini oshirish maqsadida bir qator samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Aynan muhtaram Prezidentimiz talablari va  ko‘rsatmalari asosida ilg‘or chet el andozasidan keng ko‘lamli foydalanish va chet ellik mutaxassis va professorlarni jalb qilish ishlari yo‘lga qo‘yildi. 

Xorazm viloyati hokimining viloyatdagi ta’lim sifat samaradorligini oshirish maqsadida “hokim maslahatchisi” sifatida taklif qilingan Singapur davlatidan kelgan mutaxassis Benson Lek Hong Khim bugun Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida bo‘ldi va viloyatdagi o‘z malakasini oshirayotgan o‘qituvchi pedagoglar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollar, muammolar yechimi, Singapur va O‘zbekiston ta’limining bog‘liqligi va o‘zaro farqli jihatlari to‘g‘risida suhbatlar qilindi.

Maslahatchi markazda ingliz tili va o‘zbek tili fanlarining O‘zbekistonda o‘qitilish metodikalarini o‘rgandi. Tinglovchilarga o‘z mahorati va tajribasidan kelib qilib maslahatlar berdi. Tinglovchilarni qiziqtirgan eng muhim savollardan biri Singapur ta’limi, pedagoglarga yaratilgan sharoitlar, oylik maoshlari, pedogogik yuklamalari, ta’lim sifati yuzasidan taqqoslov, qiyoslash asosida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb