Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

YANGI TUZILMA ASOSIDA ISH BOSHLAGAN SHO‘BA MUDIRI HAMDA METODISTLARIGA LAVOZIM MAJBURIYATLARI BO‘YICHA BO‘LIMNING ASOSIY FAOLIYATI YUZASIDAN SEMINAR O‘TKAZILDI

27-aprel 2023-yil
image

Seminar jarayonida bevosita yangi tuzilma asosida  ish boshlagan sho‘ba mudiri hamda metodistlariga  lavozim majburiyatlari bo‘yicha bo‘limning asosiy faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilib zarur tavsiyalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Joriy yilning 27-aprel kuni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi  boshqarmasi Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari  faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi tomonidan  barcha tuman(shahar) bo‘limlari mas’ullari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi. Seminar jarayonida bevosita yangi tuzilma asosida  ish boshlagan sho‘ba mudiri hamda metodistlariga  lavozim majburiyatlari bo‘yicha bo‘limning asosiy faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilib zarur tavsiyalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga  jamoaning yangi xodimlariga Maktablar bo‘limining  ta’lim-tarbiya jarayonidagi uzluksiz samarali faoliyatini yanada bardavom qilish borasida muloqot o‘tkazilib, tajribalar bilan o‘rtoqlashildi. Jumladan Vazirlar Mahkamasining  "Xalq ta’limi tizimida davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida" gi    295-sonli  qarori  asosida:

Bolalarni maktabga qabul qilish hamda o‘quvchilar harakatini  amalga oshirish yuzasidan;

Dublikat va  nostrifikatsiya bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqilishi bo‘yicha;

Xorijiy fuqarolar va  fuqaroligi bo‘lmagan  shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul  qilish bo‘yicha;

Eksternat tartibida   imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari  ko‘rsatilishi yuzasidan belgilangan MA’MURIY REGLAMENTI  bilan yaqindan tanishtirilib zarur tavsiyalar berildi.

Ushbu o‘quv yili 9-sinf bitkazuvchilarining "A’lo" darajali shahodatnomaga hamda 11-sinf bitkazuvchilarining  Oltin va Kumush medallariga  nomzodlarning ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan tahliliy ma’lumoti muhokama qilindi.


Shu o‘rinda 2022-2023-o‘quv yili yakunida sinf komplektlash jarayonlarini  qayta o‘rganib chiqish mavjud kamchiliklarni aniqlab  yangi 2023-2024 o‘quv yili oldidan bartaraf qilish chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Amaliy seminar davomida barcha ishtirokchilarimiz faol bo‘lib o‘zlarining ish faoliyatlari yuzasida ko‘p uchraydigan muammolar bo‘yicha savollarga yechim topa oldilar.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb