Сайт тест режимида ишламоқда

Янгиликлар

.

XORAZM VILOYATIDA AUTSORSING TIZIMIGA BAG‘ISHLANGAN PRESS-TUR O‘TKAZILDI

4 август 2025 йил
image

Tadbirda boshqarma mas'ullari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Bugun, Xorazm viloyatida davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish jarayonlariga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma mas'ullari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Press-turning asosiy maqsadi — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlashda autsorsing tizimining ahamiyati va natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish, amalga oshirilayotgan ishlar, shaffoflik, sifat nazorati hamda samaradorlikni yoritishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir doirasida Urganch tumanidagi 24-son hamda 25-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing faoliyati, ovqat tayyorlash, mahsulot sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, ovqatlanish ratsioni va bolalarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari kuzatildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb