Yangiliklar
Tuproqqʼala tumanidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabida “Prokuror soati” oʻtkazildi
30-mart 2023-yilUrganch harbiy prokuraturasi katta tergovchisi A.R.Alimqulov ishtirok etib, maktab oʻquvchilarini vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini va huquqiy savodxonligini oshirish borasida tushuntirishlar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabr kungi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-272-sonli Farmonida qayd etilgan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida, Xorazm viloyatinin eng olis xududi boʻlgan 235 km. uzoqlikdagi Tuproqqʼala tumanidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabida “Prokuror soati” oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tadbirda Urganch harbiy prokuraturasi katta tergovchisi A.R.Alimqulov ishtirok etib, maktab oʻquvchilarini vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini va huquqiy savodxonligini oshirish, Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan isloxotlar, yoshlar urtasida sodir etilayotgan xuquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldi olish borasida xuquqiy tushuntirishlar berildi.