Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Matematika va ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar-treningning 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda

24-mart 2023-yil
image

Bugungi seminarda 100 nafar matematika fani, 50 nafar xorijiy til fani o‘qituvchilari ishtirok qilmoqdalar.

Ayni damda Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan Prezident maktabida matematika va ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarning 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treningning ikkinchi kuniga start berildi va amaliy mashg'ulotlarga kirishildi. 

Bugungi seminarda 100 nafar matematika fani, 50 nafar xorijiy til fani o‘qituvchilari ishtirok qilmoqdalar. Jarayonlar baxs-munozaraga boy va qizg‘in tarzda o‘tkazilmoqda.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb