Yangiliklar
Olis hududlardagi maktablarda “Prokuror soati”
14-mart 2023-yilUrganch harbiy prokuraturasi katta tergovchisi A.R.Alimqulov tomonidan Tuproqqal’a tumanidagi 15-sonli maktabda “Prokuror soati” o‘tkazilib, unda maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini va huquqiy savodxonligini oshirish, Qurollli Kuchlar tizmida olib borilayotgan islohtlar, Mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida huquqiy tushunchalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabr kungi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №-272-son Farmoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuror o‘rinbosari- O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining 10.01.2023-yil kungi 2-Q son va Maktab va maktabgacha ta’lim vazirining 10.01.2023-yil kungi 1 k/k-sonli qarori bilan Urganch harbiy prokuraturasiga Xorazm viloyatining eng olis hududlarida joylashgan 5 ta umumta’lim maktablari biriktirilgan.
Xususan, Urganch harbiy prokuraturasi katta tergovchisi A.R.Alimqulov tomonidan Tuproqqal’a tumanidagi 15-sonli maktabda “Prokuror soati” o‘tkazilib, unda maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini va huquqiy savodxonligini oshirish, Qurollli Kuchlar tizmida olib borilayotgan islohtlar, Mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida huquqiy tushunchalar berildi.
Tadbir savol-javoblarga boy tarzida o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.