Yangiliklar
Ro‘zmetov Dilmurod Adilbekovich “Kelajak” markazi direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
10-sentabr 2026-yil
Ro‘zmetov Dilmurod Adilbekovich Xorazm viloyati “Kelajak” markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan Ro‘zmetov Dilmurod Adilbekovich Xorazm viloyati “Kelajak” markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ro‘zmetov Dilmurod Adilbekovich yangi lavozimida markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.
Yangi lavozimida Dilmurod Ro‘zmetovga mas’uliyatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.